Madridning «Real» klubi darvozaboni Tibo Kurtua La Liganing 9-tur doirasida "Valensiya" (1:4) klubidan qabul qilib olingan yirik hisobdagi mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.
«Maksi Gomes qattiq baqirmoqda va VAR penalti bermoqda. Bizning darvozamizga uchta gol 11 metrli jarima orqali kiritildi, ikkinchi golni esa baxtsiz tasofdif tufayli o'tkazib yubordik.
O'yinni yaxshi boshladik deb o'ylayman. Bizda ba'zi shunday bo'lmoqda, maydonda birdamlikda harakat qilmayapmiz va himoyadamizda muammolar yuzaga kelmoqda, lekin «Valensiya» gol kiritish uchun vaziyat sodir eta olmadi.
Birinchi penalti – omadsizlik. Nima uchun qaytadan tepishganini bilmayman. Ikkinchi gol ham – omadsizlik. Tanaffus paytida o'yinni o'zgartirib yuborish uchun bizda motivatsiya bor edi. Ikkinchi bo'limda seyvni amalga oshirdim, keyin esa yana ikkita penalti.
Bizda imkoniyatlar bo'ldi, lekin to'p raqib darvozasiga kirishni xohlamadi. Biz karantindan keyin deyarli birorta gol o'tkazib yubormagan birligimizni ko'rsatishimiz kerak.
Bu o'yin haqida unutish kerak. Oldimizda qiyin o'yinlar kutmoqda», – dedi Kurtua.