Bu mavsum ishlari yurishmayotgan valenciyaliklarning o'z maydonida chempionlik uchun kurashayotgan Madridning «Real»ini yirik hisobda mag'lubiyatga uchratgani kutilmagan hol bo'ldi. O'yindagi mehmonlar darvozasi tomon belgilangan penaltilar esa alohida masala. Ijtimoiy tarmoq, jumladan tvitter foydalanuvchilari ushbu o'yin to'g'risida qanday fikrlarni bildirishdi? Marhamat!«Real Madrid»ning pushti formasi haqida noodatiy statistika:
Pushti rangli "Real":3 o'yin - 3 mag'lubiyat.MS - 2:1Kadis - 0:1Valensiya - 4:1Zidan liboslarni yig'ib yoqib yuborganam bo'lsa kerak) pic.twitter.com/MRTCjHOuZG
— Xayrulla Hamidov (@X_Hamidov) November 8, 2020 Dunyoda uch narsani kuzatishdan inson zerikmaydi:Dunyoda uch narsani kuzatishdan inson zerikmaydi:1. Suvning oqishi2. Olov yonishi3. Real yutqazganda realchilarning diydiyosi...(C) Eshonbova
— diyor_bek (@_diyorbek_) November 9, 2020 VAR va «Real» haqida:VAR tizimini Real foydasiga kiritamiz deb, Valensiyaga foydasiga kiritib qo'yishdi shekilli a?)
— Tolipov (@tolipov_o) November 9, 2020 «Antimadridchi»lar uchun dushanba endi og'ir kun emas:Ertalab turishing bilan Real eb kuyganini eshitib bagri diling yayrab xursandchilik bilan ishga borganga nima etsin. Yangi xafta omadli fayzli kelorsin xammaga
— Kadirov Sarvar (@Sarvarinto) November 9, 2020 Balki to'g'ri fikrdir:Barsayam, Real ham pushti formasidan tezda voz kechish kk)
— Ismailov A (@Ismailov_a) November 9, 2020 Aziz Nuriy o'z "suyukli" klubining mag'lubiyati haqida:Realginam ko'rshapalaklarga em bo'ptiyu)
— MSN (@Aziz_Nuriy) November 8, 2020 «Valensiya» – «Real Madrid» o'yinidagi mezbonlar tepgan penaltilar sonidan xayron qolgan muxlis:Realli vorotasiga 4 ta penalti qo'yildimi rostan?
— Bemalolxo'ja (@xotirijam) November 9, 2020Og'abek Samisov tayyorladi