Italiyaning «Inter» klubi bosh murabbiyi Antonio Konte A Seriya doirasida «Atalanta» (1:1) klubiga qarshi bo'lib o'tgan o'yindan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Bizga iroda etishmadi. Bu «Real» bilan o'yinda ham etishmagandi. Endi «Atalanta»ga qarshi bahsda ham etishmadi.
Bizda o'yinni "o'ldirish" imkoni bor edi, biroq, ehtimol bizga o'z maydonimizda uch ochkoni qo'lga kiritish uchun instinktga ega bo'lmagandirmiz.
«Atalanta»ning kuchli tomonlarini hisobga olishimiz kerak.
Yigitlarga aytganimdek, biz o'yinga tayyorgarlik ko'rishimiz mumkin, ammo bashorat qilishning iloji bo'lmagan vaziyatlari mavjud.
Biz gol o'tkazib yuborganimizda, bu umumiy uzilish edi. Bo'lajak chempiona bunday o'ynamaydi», — dedi Konte.