“Ha, bu og'riqli mag'lubiyat. CHunki biz uchrashuvni yaxshi boshlagandik. Birinchi yarim soatda kutilgan o'yinni ko'rsata oldik, gol urdik. Ammo javob golidan keyin nima sodir bo'lishi kerak bo'lsa, hammasi ro'y berdi.
Darvozamizga belgilangan uchta penalti haqida gapiradigan bo'lsam, hakam bularni barchasini kuzatib borishi kerak edi. Biz uch marta penaltidan gol o'tkazdik va yana kamiga o'zimizga o'zimiz gol urdik. Barchasi bizga qarshi bo'ldi va bu bir o'yin uchun ko'plik qiladi.
Bu mag'lubiyat uchun murabbiy sifatida barcha aybni bo'ynimga olaman, chunki vaziyatdan chiqish yo'llarini izlash vazifam hisoblanadi. Hisob tenglashgach, o'yin tubdan o'zgarib ketdi. Bunday holat biz bilan birinchi marta sodir bo'lmayapti va bu menga yoqmayapti”, dedi Zidan.