«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan «Valensiya»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (1:4) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Ha, bu og'riqli mag'lubiyat. Axir biz o'yinni juda zo'r boshlagandik. Dastlabki yarim soatda yomon o'ynamadik va gol urib oldik. Ammo javob golidan keyin bo'lar ish bo'ldi.
Darvozamizga belgilangan 3ta penalti borasida to'xtaladigan bo'lsam, hakam izchillikka amal qilishi kerak. Penaltidan 3ta gol o'tkazdik va bitta golni o'z darvozamizga urdik. Barchasi bizga qarshi ishladi. Bu haddan tashqari ko'p.
Men murabbiy sifatida mas'uliyatni o'z zimmamga olaman. Chunki men vaziyatdan chiqib ketish yo'lini topishim kerak. Biz dastlabki yarim soatda yaxshi o'ynadik. Ammo hisob tenglashganidan keyin barchasi butunlay o'zgarib ketdi. Bunday holat biz bilan ilk marta sodir bo'layotgani yo'q. Bu esa menga yoqmayapti», – dedi Zidan.