"Real" hujumchisi Borxa Mayoral jamoada qolishga umid qilmoqda.
"Har kuni mehnat qilayapman. Ko'ramiz, nima bo'ladi. Ochiqcha gapiradigan bo'lsam, klubda qolishni xohlayman. Men Zidan bilan gaplashib olishim kerak. Ko'ramiz, u nima deydi. Lekin hozir bu yerda juda baxtliman. Jamoada faqat bitta hujumchi - Benzema bor. Agarda meni ketishimni xohlashsa, men Ispaniyada qolishni istayman." - deydi futbolchi.
O'tgan mavsumda Mayoral "Wolfsburg" tarkibida 19 o'yinda 2 ta gol kiritgan edi.