Madridning "Real" klubi hujumchisi Luka Yovich jamoani tark etishga yaqin. Bu haqda Ispaniya matbuoti xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan bilan gaplashib olgan. Zidan Yovichga chiqish eshiklarini ko'rsatgan.
Eslatib o'tamiz, serbiyalik hujumchi xizmatiga "Milan", "Napoli", "Lester" va "Vest Xem" klublari qiziqish bildirmoqda.