"Real" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan jamoa yarim himoyachisi Iskoning kelajagi borasida o'z fikrini bildirdi. Ispaniyalik futbolchi joriy mavsumda juda kam o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda.
"U ishlashi kerak. Tarkib tanlash — bu uning muammosi emas, bu murabbiyning muammosi. Ha, so'nggi paytda u kam o'ynayotgani — bu haqiqat. U o'z ishini qilishda davom etishi kerak.
Iskoda yaxshi davrlar bo'ldi, u top-o'yinchi. Umid qilaman, u buni ko'rsatishda davom etishi kerak. Chunki, oldimizda hali o'yinlar ko'p. Unga hali imkoniyat beriladi", - dedi Zidan.