Ispaniyalik futbolchi Isko Alarkonning shartnomasi hali hamon uzaytirilmadi.
"Madrid" va Isko o'rtasida amaldagi shartnoma 2018-yil 30-iyunda yakuniga yetadi, ammo uzoq muddatli shartnoma haligacha uzaytirilmadi. La Ligada zafar quchganimizdan so'ng futbolchi: "Xavotir olmang, men qolaman. Madridda baxtliman va bu yerda ko'p yillar to'p surmoqchiman. Mening shartnomam keyingi yil yakunladi, biroq biz yangi shartnomaga yaqinmiz..." - degan edi. Biroq tomonlar hanuz biror bir taklif bilan chiqishmadi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yilgi oktyabrda Kroos, Modrich, Lukas Vaskez, Beyl va Ronaldu bilan shartnomalar uzaytirilgan edi.