Italiyaning «Inter» klubi o'z yarim himoyachisi Nikolo Barella bilan shartnomani uzaytirib, uni jamoada olib qolmoqchi.
23 yoshli italiyalik futbolchiga «Liverpul», «Manchester Yunayted», «Arsenal», «Barselona» va «Atletiko» klublari qiziqish bildirishmoqda.
Milanliklar Barellani maoshini 2,5 million evrodan 4 million evrogacha oshirib, 2025 yilgacha shartnomani uzaytirmoqchi deya xabar bermoqda FcInterNews.it sayti.