Argentinalik murabbiy Maurisio Pochettino Kataloniyaning "Barselona" klubidan ikki marta tushgan taklifga rad javob bergan.
Pochettino «Manchester Yunayted» klubida ishlashni xohlamoqda, shu sababli, kataloniyaliklarning takliflarini qabul qilmagan. Uning istagi amalga oshishi mumkin, chunki "mankunianlar" rahbariyati hozirgi bosh murabbiy Ole-Gunnar Sulsherni o'z lavozimidan ozod qilishlari mumkin.
Eslatib o'tamiz, Pochettinoning xizmatiga PSJ va «Real» klublari ham qiziqish bildirishmoqda.