Madridning "Real" klubi futbolchisi Vinisius Juniorning agenti Lukas Mineyroni aytishiga qaraganda, uning mijozi qay tariqa "Qirollik klubi"ga o'tish haqida qaror qabul qilganini so'zlab berdi.
«17 yoshlilar o'rtasida bo'lib o'tgan Janubiy Amerika chempionatidan keyin beshta klubdan taklif tushgandi. Ularning barchasi shartnoma imzolashga tayyor edi. Men Vinisiusga «Real» yoki «Barselona»ga o'tish vaqti kelganini aytdim.
U menga WhatsApp mesenjeri orqali qisqa va lo'nda javob yozdi: «Biz dunyoning eng kuchli klubi - «Real»ga yo'l olamiz" deb xabat yuborgandi, – dedi Mineyro.