Cadena SER portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Madridning "Real" klubi rahbariyati Serxio Ramos bilan 2023 yilning yozigacha shartnoma uzaytirishga qaror qildi. Biroq, futbolchi 2024 yilgacha mo'ljallangan shartnoma kutayotgan edi.
Umuman olganda, rahbariyat avvaliga Ramosga bir yillik shartnoma taklif qilmoqchi edi, lekin so'nggi pallalarda reja o'zgardi va shartnoma 2023 yilgacha mo'ljallandi.
Bundan tashqari, «qaymoqranglilar» Ramosning oylik maoshini oshirib bermaydi. Tomonlar olib borayotgan muzokara rejadagidek ketayotgani va shartnoma shu yilning oxirigacha uzaytirilishi taxmin qilinmoqda.