Madridning "Real" klubini yaqin vaqtlardagi moliyaviy rejalari ma'lum bo'ldi.
Cadena SER portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, birinchi navbatda koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan moliyaviy inqirozdan chiqib maqsadida, klub xodimlari va futbolchilarning oylik-maoshlarini qisqartirish borasida shartnoma imzolamoqchi.
Shu tariqa, klub rahbariyati haraktalarni 190 million evroga qisqartirmoqchi. O'tgan mavsumning oxirlarida «qaymoqranglilar» futbolchilari o'z maoshlarini 10 foizga qisqartirilishiga rozi bo'lishgandi, endi«Real» rahbariyati maoshlarni 15 yoki 20 foizgacha kamaytirishga umid qilmoqda.