Kecha saytimiz orqali Madridning «Real» klubi o'z sardori Serxio Ramos bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni boshlaganligi haqida xabar berib o'tgandik. Ramosning "Real" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga etadi.
Ispaniya matbuotining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, olib borilayotgan muzokara ko'tarinki ruhda davom etmoqda. Klub rahbariyati Ramos bilan shartnomani uzaytirishni ustuvor vazifa deb hisoblamoqda.
Qayd etilishicha, Ramos «Real» klubi tarkibida qolishga qarshi emas va rahbariyat tomonidan 2024 yilgacha mo'ljallangan shartnomani kutmoqda.