Manbaning xabariga ko'ra, yangi shartnoma borasidagi ushbu qaror Madrid klubi uchun maqsad hisoblanadi.
Qayd etish kerakki, muzokaralar pozitiv baholanmoqda. Ramosning o'zi "Real"da 2024 yilning yoziga qadar qolmoqchi.
Eslatib o'tamiz, 34 yoshli ispaniyalik CHempionlar Ligasi doirasidagi "Inter" (3:2)ga qarshi o'yinda madridliklar safidagi 100-golini urdi.
Ramos joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.