"Milan" va "Napoli" "Real" hujumchisi Luka Yovichni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda Italiya matbuoti xabar bermoqda.
Serbiyalik futbolchi Madridda etarlicha o'yin amaliyotiga ega emas, shuning uchun uning ketishi ehtimol yuqori. Katta ehtimol bilan Yovich ijaraga beriladi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "Lester" Yovichning xizmatlariga qiziqish bildirgan edi.