8 oktyabr kuni "Arsenal" Evropa Ligasi-20/21 o'yinlari uchun qaydnomani elon qilgandi, 21 oktyabrda esa London klubi Angliya Premer-Ligasiga kiritilgan o'yinchilar ro'yxatini taqdim etdi. Klubning eng ko'p haq to'lanadigan futbolchisi — Mesut Ozil hech biridan o'rin olmagan. Uyg'urlarning ommaviy himoyasi, o'tkazilgan o'yinlar uchun moliyaviy bonuslar, ish haqini kamaytirishdan bosh tortish — aynan shu kabilar "Arsenal" rahbariyati va yarim himoyachi o'rtasida nizo kelib chiqishiga sabab bo'ldi.
"Bu haqiqiy futbol qarori bo'ldi. Uning oldida vijdonim toza, sababi unga nisbatan adolatli edim. Biz bir-birimizni tushunardik hamda bir-birimizdan nima kutish kerakligini yaxshi bilardik. Hamma qatori uning ham imkoniyatlari yuqori edi. Uchtagina o'yinchini qaydnomadan tashqarida qoldirganimdan afsusdaman, biroq noqulay holatlardan qochish uchun barcha narsaga hisobga olishga harakat qildim. Mesut bilan bog'liq vaziyatga kelsak, bundan xotirjamman, chunki klubga kelganimdan buyon u bilan doim ochiqchasiga gaplashganman. U o'zini qanday tutgani bu erda unchalik muhim emas. Bu mening qarorim", — deya Ozilning tarkibga kiritilmaganiga izoh berdi "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta.
Ozilning shartnomasi muddati shu mavsum so'ngida yakuniga etadi. Katta ehtimol bilan Mesut "Arsenal" safida boshqa o'ynamaydi, shuning uchun uning "Arsenal"dagi faoliyatiga qaysidir manoda xulosa yasash mumkin, nazarimizda.
2013/2014 yilgi mavsum
2013 yil 2 sentyabr. Dedlayn. Transfer oynasi yopilishiga sanoqli kunlar qoldi. "Arsenal"ning ashaddiy muxlislari bu kunni takrorlanmas kun sifatida eslab qolishgan. Klub va nihoyat 42.5 mln funtga Mesut Ozilni sotib oldi va transfer rekordini yangiladi. Bu "Arsenal" uchun aqlbovar qilmas transfer hamda "Real Madrid" uchun katta yo'qotishdek ko'ringandi. Futbolchi klubdan ketganiga Krishtianu Ronaldu quyidagicha munosabat bildirgan edi: "Ozilning ketishi men uchun dahshatli yangilik bo'ldi. U raqib darvozasi yonidagi harakatlarimni hammadan ko'ra yaxshiroq tushunardi. Uchrashuv natijasini yakka o'zi hal qila oladigan o'yinchini "Real" qanday qilib sotishga rozi bo'lganiga hali ham tushuna olmayapman. Bu transferdan juda jahlim chiqdi. SHak-shubhasiz Ozil men uchun "Real"dagi eng yaxshi futbolchilar qatorida edi".
Arsen Venger esa Mesut haqida shunday degan: "Ozilning o'ziga xos mahorati bor. U doim maydonda juda tez, to'g'ri qarorlar qabul qila oladi. Men uning driblingini Zidanning driblingi bilan taqqoslagan bo'lardim. Mesut hujumga ko'proq etibor qaratadi".
14 sentyabr kuni Mesut Premer-Liga doirasida "Sanderlend"ga qarshi bahsda "Arsenal" safida debyut qildi. O'shanda kanonirlar 3:1 hisobida g'alaba qozongan, Ozil esa 11-daqiqada Olive Jiruga golli uzatma bergandi. Keyingi "Stok Siti" bilan uchrashuvda esa Mesut golli paslar bo'yicha xet-trik qayd etdi.
2 oktyabr kuni CHempionlar Ligasi doirasida "Napoli"ga qarshi o'yinda Ozil kanonirlar safidagi ilk golini urishga muvaffaq bo'ldi. O'sha bahsda "Arsenal" 2:0 ochko bilan g'olib bo'lgandi.
Ozil qisqa muddat ichida "Arsenal"ning asosiy yulduzi va hujum etakchisiga aylandi, ammo faqatgina jamoa yaxshi o'ynagan paytgacha shunday bo'ldi. Mavsum davomida Mesutning o'yiniga nisbatan tanqidlar ko'p bo'ldi, lekin buni nemisning tumanli albiondagi debyut mavsumi ekani bilan oqlab ketishdi. "Arsenal" uchun o'sha mavsumning asosiy natijasi — Angliya Kubogidagi g'alaba bo'ldi. Kanonirlarning 9 yil ichidagi ilk sovrini. O'yindan keyingi nishonlash bayramida Ozil muxlislar yaxshi ko'radigan "Arsenal" iborasini aytdi: "YA GUNNERS YA!!!"
Ozilning butun mavsumdagi statistikasi: 40 o'yin, 7 gol, 14 golli uzatma.
2014/2015 yilgi mavsum
Mesut bu mavsumni Jahon chempioni sifatida boshladi. U 2014 yil oktyabr oyi o'rtalarida jarohat oldi va 4 oyga safdan chiqdi. Yanvarda esa safga qaytdi. Keyin Ozil APL uchun zaif ekan degan fikr ommalashib ketdi. Uning o'yin harakatlari ayniqsa, kuchli oltilikka qarshi o'yinlarda qattiq tanqid ostiga olinardi. Nemis himoyalanishda jamoaga deyarli yordam bermasdi, bazida esa o'yinda yo'qolib qolganga o'xshardi. SHu sababli uni "ko'rinmas odam" deb ham chaqirishgan. Omar Momani esa unga atab quyidagi karikaturani chizgandi:
O'sha mavsumda Ozil ko'pincha chap vinger poziciyasida maydonga tushardi, uning sevimli — markaziy hujumkor yarim himoyachi joyini esa Santi Kasorla egallagandi. Arsen Venger bu g'oyani Yoaxim Levdan olgandi. Germaniya g'alaba qozongan mundialda Mesut chap qanotda o'ynagan. Bu nemisning eng yaxshi sifatlarini qamrab olgandi va ehtimol shuning uchun uning samaradorligi pasayib ketgandir?!
O'sha yilgi CHempionlar Ligasida "Arsenal" turnir 1/4 bosqichiga chiqish uchun yaxshigina imkoniyati bo'lgan, chunki raqibi "Monako" edi. Biroq "Arsenal" uyda 1:3 hisobida mag'lub bo'lgan, mehmonda esa "monegasklar"ni 0:2 hisob bilan yutgan. Ammo safardagi gol qoidasiga ko'ra kanonirlar keyingi raundga o'ta olmaganlar. Lekin Angliya Kubogida "Arsenal"ni yana g'alaba kutib turgandi. Jamoa finalda "Aston Villa" 4:0 hisob bilan mag'lub etgandi.
Ozilning butun mavsumdagi statistikasi: 32 o'yin, 5 gol, 9 golli uzatma.
2015/2016 yilgi mavsum
Bu mavsum Mesut Ozil uchun perfomans bo'ldi. Aniqrog'i, mavsumning birinchi yarmi.
7-tur o'yinida Ozil mavsumdagi uchinchi golli uzatmasini berdi, keyingi 12 turda esa yana 14 assist berib, 3ta gol urishga erishdi. Bu butun vaqt davomidagi eng yaxshi Mesut Ozil edi. O'shanda Ozil APLning ketma-ket 7 uchrashuvda golli pas berib, ajoyib natija o'rnatdi. Mavsumning dastlabki 19 bahsida Mesut 16 golli uzatma berdi, o'shanda Terri Anrining rekordigacha (bir mavsumda 20 assist) bir necha qadam qolgandi. SHu sababli qolgan 19 o'yinda Ozil kamida yana 7-8 assist berishiga shubha yo'q edi. Fransis Koklen va Santi Kasorla juftligini alohida etirof etish zarur. Sababi bu ikki futbolchi borligi uchun ham Ozil maydon markazida to'p uchun kurashish haqida ortiqcha o'ylamasligi mumkin edi.
Biroq mavsumning ikkinchi yarmi "Arsenal" uchun ham, nemis uchun ham omadsiz keldi. Jamoa 19 uchrashuvda atigi 8 marta g'alaba qozondi, Ozil esa 17 bahsda 3tagina golli pas berdi. Takidlash lozimki, Mesutning o'yini yomonlashgani yo'q, hamma gap uning sheriklarida edi. Olive Jiru ketma-ket 12 o'yinda gol urolmadi, Aleksis Sanches jarohat oldi va tuzalib, optimal formaga qaytishi uchun ancha vaqt ketdi. Biroq asosiy muammo — Santi Kasorlaning jarohati edi, shu tufayli ispan mavsumning keyingi yarmida atigi bitta o'yinda maydonga tushdi xolos. Germaniyalik to'p bilan ko'proq muomalada bo'lish uchun orqaroqqa qaytishga majbur bo'lardi.
32-turda Ozil 135ta golli vaziyatlar yaratib berib, APLda yangi rekord o'rnatdi.
SHunday ajoyib mavsum bo'lganiga qaramay, Mesut hech qanday individual mukofot olmadi. Hattoki, bir marta ham ligada oyning eng yaxshi o'yinchisi sifatida etirof etilmadi, APL-15/16 mavsumi terma jamoasiga uning poziciyasiga Dimitri Paye qo'yildi. Mavsumning eng yaxshi o'yinchisi sovriniga Mesut nomzodi qo'yildi, ammo mukofot Riyad Marezga nasib etdi.
APLning o'sha yilgi mavsumida "Arsenal" 10 ochkoga "Lester"dan ortda qolgan holda ikkinchi o'rinni egalladi. "Tulkilar" o'sha yil chempion bo'lishlari uchun ularga 81 ochko etarli bo'lgandi. O'sha raqiblari natijalari pasayib ketgani tufayli, "Arsenal" chempionlik pog'onasiga juda yaqin kelgan mavsumlaridan biridir. Mavsum boshlanishidan avval "Arsenal" garchi hujum poziciyasini kuchaytirishga muhtoj bo'lganiga qaramay, birorta ham maydon o'yinchisi sotib olmadi. Ehtimol, Mesutning yonida Olive Jirudan ko'ra samaraliroq forvard bo'lganida, biz "Lester"ning ajoyib ertagiga guvoh bo'lmagan bo'larmidik?! CHempionlar Ligasi 1/8 bosqichida "Arsenal" hech bir imkoniyatsiz "Barselona"ga mag'lub bo'lgandi.
Ozilning butun mavsumdagi statistikasi: 45 o'yin, 8 gol, 20 golli uzatma.
2016/2017 yilgi mavsum
2016/2017 yilgi mavsum Ozil uchun gollar bo'yicha eng samaralisi bo'ldi. "Emireyts"da bo'lgan CHempionlar Ligasi doirasidagi "Ludogorec"ga qarshi bahsda raqib darvozasiga faoliyatidagi ilk xet-trikini qayd etdi. Keyingi turda esa "Ludogorec" darvozasiga juda chiroyli gol urdi. Quyidagi buni yana bir bor ko'rishingiz mumkin:
"Ozilning CHempionlar Ligasidagi goli juda ajoyib bo'lgandi. Bunday o'zgacha bir his tufayli, etim jimirlab ketti. Bazida futbol haqiqatdan ham sanat turidek tuyuladi", — degan edi Erik Kantona.
Bu "Arsenal" guruhdan chiqishiga yordam bergan, biroq u erda jamoani "Bavariya" kutib turgandi. O'shanda ikki o'yin hisobi bo'yicha sharmandali natija qayd etilgan: 10:2. SHundan so'ng Ozil "Arsenal"dan ketadi degan mish-mishlar tarqagandi. Aren Robben gol urayotgan pallada mana Ozil nima qilayotgandi:
Premer-liga 6-turida Ozil "Emireyts"da Sanches bilan birgalikda "CHelsi"ni yanchib tashlagandi. Mavsum mobaynida Ozil-Sanches juftligi yanada yaxshiroq harakat qilib, bir-birini to'ldira boshladi. APL o'sha mavsumini chililik 35ta, nemis esa 18ta golli pas bilan yakunladi. O'sha mavsum Aseksis Mesutga APLda 8tadan 5ta assist etkazib berdi.
"Arsenal" 75 ochko to'pladi va turnir jadvalida 5-o'rinni egalladi va 20 yilda ilk bor CHempionlar Ligasiga chiqolmadi. Asosiy muammo jarohat olgan Santi Kasorlaning o'rnini hech kim bosa olmagani edi.
"Ozil — muntazam ravishda to'pga egalik qilishni istaydigan o'yinchi. U bunday vaziyatda ajoyib o'ynaydi. Kasorla safdan chiqqani Mesutga qattiq zarba bo'lgan, chunki u bosim ostida to'pni olib chiqib ketishi mumkin. Agar to'p Ozilga vaqtida etib kelsa, u yo'q joydan ham golli vaziyat yaratib berishi mumkin", — deydi Arsen Venger.
Biroq omadsiz mavsum bo'lganiga qaramay, kanonirlar o'z muxlislarini Angliya Kubogidagi navbatdagi g'alaba bilan xursand qila oldilar. Finalda "CHelsi"ni 2:1 hisobda mag'lub etdilar.
Ozilning butun mavsumdagi statistikasi: 44 o'yin, 12 gol, 14 golli uzatma.
2017/2018 yilgi mavsum
2017/2018 yilgi mavsum "Arsenal" muxlislari uchun byl mnogoobeshhayushhim. Yozda Aleksandr Lyakazett jamoaga kelib qo'shildi va qog'ozda kanonirlar hujumlari tahlikalidek ko'rinardi. Santi Kasorla hamon jarohatidan tuzalmagandi, uning o'rniga esa mos o'yinchi topilmagandi. Mesut esa to'p bilan ko'proq muomalada bo'lish uchun orqaroqqa qaytishga majbur bo'lardi. Qishki transferlar oynasida Ozil/Sanches juftligiga dars ketdi. CHililik pul topish maqsadida "Manchester"ga ketdi, uning o'rniga esa Londonga Genrix Mxitaryan keldi. SHuningdek, qishda "Arsenal"ning hozirgi etakchisi Per-Emerik Obameyang sotib olindi. "Arsenal" hujumi ko'rinishidan ancha kuchliga o'xshardi.
2018 yil 1 fevral kuni Mesut "Arsenal" bilan yangi shartnoma imzoladi va unga ko'ra kanonirlarning eng ko'p haq to'lanadigan o'yinchisiga aylandi. Bugungi kunda ham uning maoshi juda yuqori: haftasiga 350 ming funt (soliqqacha). O'shanda "Arsenal"ning barcha muxlislari xursand, futbol olamidagilar esa "Arsenal" buncha pulni qanday topganiga hayron edi. Gap so'zlarga qaraganda, Venger hamda "Arsenal"ning o'sha vaqtdagi sport direktori Ivan Gazidisga o'sha yili Ozil/Sanches juftligidan faqat bitta futbolchining maoshini shunchaga oshirish uchun ruxsat berishgan ekan. Qiziq, gap o'shanda ish chililik foydasiga hal bo'lganida, hozir vaziyat qanday bo'lgan bo'lar ekan-a?!
"Men yuragimga quloq soldim. Doim aytganman, men bu erda o'zimni xuddi uyimdagidek his qilaman. Men yanada yuqori cho'qqilarni zabt etishim uchun kuch-g'ayratim etarli. Bir kun "to'pchi" — doim "to'pchi", — deb yozgan edi Ozil yangi shartnoma imzolaganidan so'ng instagram sahifasiga.
Mavsumdagi asosiy maqsad Evropa Ligasida g'alaba qozonish edi, biroq kanonirlar Madridning "Atletiko"siga yarim finalda mag'lub bo'ldi. Mesut faqatgina 1/16 finaldan kurashga qo'shildi, sababi "Arsenal" ortiqcha muammolarsiz guruhdan birinchi o'rin bilan chiqdi. Mavsum so'ngida Ozilning beli bilan bog'liq muammolar yuzaga keldi. Natijada APL 32-turidan boshlab germaniyalik maydonda tusha olmadi. "Arsenal" yana bir bor CHempionlar Ligasisiz qolib ketdi. Qolaversa, boshqa biror sovrin ham yuta olmadi. Arsen Venger esa istefoga chiqdi.
Ozilning butun mavsumdagi statistikasi: 35 o'yin, 5 gol, 14 golli uzatma.
2018/2019 yilgi mavsum
Ozil "Arsenal" ixtiyoriga yomon kayfiyat bilan qaytdi. Yozda futbolchi Germaniya termasi bilan JCHda omadsiz ishtirok etdi va muxlislar bunda Mesut Ozilni ayblashdi. Futbolchi tanqidlarni asossiz deb hisobladi va xafa bo'lib, termadagi faoliyatini yakunladi. 2018/2019 yilgi mavsum "Arsenal" uchun Unai Emeri jamoaga kelishi bilan tarixda qoldi. Aynan o'sha palladan Mesutning o'yinidan ko'ra, murabbiy va rahbariyat bilan muammolari haqida gapirishmoqda.
Ozilning Emeri bilan munosabati g'alati tus oldi. Germaniyalik mavsum davomida ko'p marta hech bir sababsiz qaydnomaga kiritilmadi, bazida esa shunchaki zaxirada qoldirildi. Mish-mishlarga qaraganda, Unai va Mesut mavsum avvalida mashg'ulot payti urishib qolgan emish. Emeri, Vengerdan farqli o'laroq, futbolchilardan o'zini to'liq ko'rsatib berishini talab qilardi. Ispan barcha o'yinchilarni hujum qilishga majbur qilardi, jumladan Mesutni ham.
2018 yil 15 oktyabr kuni Ozil 30 yoshga to'ldi. SHu munosabat bilan Opta juda qiziqarli statistika tayyorladi. 01.07.2006 yildan buyon Evropa top-5 ligalaridan Mesutdan ko'proq hech bir futbolchi sheriklariga vaziyat yaratib bermagan ekan (Ozil — 1033 marta). Bu fakt germaniyalik kuchli o'yinchilardan biri ekanini yana bir bor eslatib qo'ygandek bo'ldi.
9-tur o'yinida Mesut sardorlik bog'ichini oldi va "Emireyts"da gol+pas qilib, amalda bir o'zi "Lester"ni taslim etdi. Kelasi 3 uchrashuvda esa Ozil yana jamoa sardori bo'ldi va murabbiy ishonchini qozongandek ko'rinardi. Biroq navbatdagi 12 turda Mesut atigi 2 marta asosiy tarkibdan, 2 marta zaxiradan maydonga tushdi.
Emeri va Ozil munosabatining avjiga chiqqan nuqtasi Evropa Ligasi finali bo'ldi. Bu kanonirlar uchun juda muhim uchrashuv edi, sababi ular ligada 5-o'rinni egallab, CHempionlar Ligasiga chiqolmagandilar. "Arsenal" o'shanda "CHelsi"ga yirik hisobda mag'lub bo'lgan, Mesut esa 78-daqiqada almashtirilgan. O'yinchining bundan jahli chiqib, Unai Emeriga qo'pollik bilan javob qaytargan. Turkiyaning "Hurriyet" gazetasi yozishicha, o'shanda Ozil shunday degan ekan: "Sen murabbiy emassan".
Ozilning butun mavsumdagi statistikasi: 35 o'yin, 6 gol, 3 golli uzatma.
2019/2020 yilgi mavsum
Mavsum boshlanishidan avval, iyul oxirlarida Mesut Ozil va Sead Kolashinac qurollangan bosqinchilar tomonidan hujumga uchrashdi. Bu voqea hammaning yodida bo'lsa kerak. SHu sabab nemis va bosniyalik birinchi turni o'tkazib yuboradi. Ikkinchi turda "Byornli"ga qarshi bahsda esa Kolashinac qaydnomaga kiritilgandi va hattoki, zaxiradan maydonga tushgandi. Mesut esa 5-turda "Uotford"ga qarshi uchrashuvdagina ko'rindi, keyin esa yana "yo'q bo'lib ketdi". Emeri bilan bo'layotgan ziddiyat asta-sekin ko'rinayotgandi. Ko'plab muxlislar murabbiyni yonini olar, Mesutning esa "yog'li" shartnomasini gapirishdan to'xtashmasdi. Germaniyalik noyabr boshidan muntazam o'ynay boshladi, lekin xuddi "Arsenal" kabi yomon o'yin ko'rsatardi.
Noyabr oxirlarida Emeri istefoga chiqarildi. uning o'rnini esa Mikel Arteta egalladi. 5 dekabr kuni 15-turning "Brayton"ga qarshi uchrashuvida Ozil mavsumda birinchi golli uzatmasini berdi — germaniyalik Aleksandr Lyakazettga golli pas berdi, lekin kanonirlar baribir o'sha bahsda 1:2 hisobida mag'lub bo'ldilar. Aytgancha, u paytda Arteta hali jamoa bilan mashg'ulotlarga kirishmagandi. Murabbiy vazifasini Freddi Yunberg bajarayotgan edi.
13 dekabrda Ozil tvitter sahifasida Xitoyda yashaydigan uyg'urlarni xitoyliklar quvg'in qilayotganiga fikr bildirib, mamlakatni aybladi. Xitoyliklar bunga darhol javob qaytarishdi. Davlat telekanali CCTV (XXRda APL o'yinlarini yoritadigan asosiy telekanal) "Arsenal" va "Man Siti" o'yinini jonli namoyish etishni bekor qildi. Ozilni barcha qidirish tizimlaridan o'chirib yuborishdi va ijtimoiy tarmoqlarini ham bloklashdi. "Arsenal" esa keyinroq "Ozilning uyg'urlar haqidagi gaplari — uning shaxsiy fikri" degan bayonot bilan murojaat qildi.
"Mening birinchi ish kunimdanoq Mesutning mashg'ulotlarga bo'lgan munosabati aqlbovar qilmas darajada edi. Men buni sezgandim va har bir o'yinchi men bilan noldan boshlashini aytdim. Bahsga tayyorgarlik ko'rayotganimizda Mesut bizning muhim futbolchimiz bo'lishini tushungandik", — degandi Arteta dekabr oxirida. Va haqiqatdan ham, Arteta qo'l ostida Ozil o'yinning muhim bo'lagi bo'lib, karantingacha barcha o'yinlarda ishtirok etdi.
29-tur "Vest-Xem"ga qarshi uchrashuvi Mesutning "Arsenal"dagi oxirgi o'yini bo'ldi (hozircha, balki butunlaydir). O'sha bahsda "Arsenal" 1:0 hisobida g'alaba qozondi, germaniyalik esa 78-minutda Aleksandr Lyakazettga golli uzatma berishga muvaffaq bo'ldi. SHundan keyin barcha mamlakatlardagi futbol karantin sabab to'xtatildi. Ozil esa "Arsenal"da yana muhokama mavzusiga aylandi. Yarim himoyachi maoshining 12,5% qisqartirilishiga qarshilik ko'rsatdi.
"Men agar bu zarur bo'lsa va vaziyat ochiq bo'lganida, hattoki oylik ko'proq miqdorda kamayishiga ham rozi bo'lardim. Buning o'rniga hech nimani muhokama qilib o'tirmay, oxirgi pallada bizga shunday bo'layotganini malum qilishdi. Bunday holatda siz ko'proq malumotga ega bo'lishingiz va pullaringiz qaerga ketishini bilishga haqqingiz bor. Biz esa hech nimani bilmay turib, qarorimizni malum qilishimiz zarur", — deydi Ozil.
Karantindan so'ng Ozil birorta o'yinda ham maydonga tushmadi, Mikel Arteta esa qaydnomaga faqatgina eng yaxshi o'yinchilar kiritiladi dedi. Mavsum so'ngida "Arsenal" Angliya Kubogini qo'lga kiritdi, Mesut Ozil o'yinni televizor orqali ko'rdi.
"Mening poziciyam tushunarli. SHartnomaning so'nggi kunigacha shu erda qolaman va klub uchun borimni berishga tayyorman. Bunga o'xshash vaziyatlar meni sindira olmaydi, ular menga faqatgina kuch beradi. Avval ham yuqori darajaga qayta olishimni ko'rsatib qo'ygandim, hozir ham buni isbotlay olaman", — deydi Mesut avgustda "The Athletic"ga bergan intervyusida.
Ozilning butun mavsumdagi statistikasi: 23 o'yin, 1 gol, 3 golli uzatma.
Bazi xulosalar
Xo'sh, Mesutning "Arsenal"dagi faoliyatini muvaffaqiyatli deb bo'ladimi? Bu savolga aniq javob berishning iloji yo'qdek. Ozil so'nggi ikki mavsumni omadsiz o'tkazdi, yani futbol maydonida mashhurlikka erishib emas, balki siyosiy arenada muhokamalarga ko'proq sabab bo'ldi.
Venger qo'l ostida Ozilning roli, unga qo'yiladigan talablar umuman boshqacha edi. Emeri va Arteta davrlariga qaraganda unga bu talablar ko'proq mos kelardi. Ozilni bir so'z bilan "dangasa o'yinchi" deyish mumkin, u o'zini majburlab himoyaga qaytadi. Lekin u doim shunday bo'lgan, faqatgina biz "Verder"da boshqa Mesutni ko'rganmiz.
Muammo shundaki, Ozildan u amalga oshirishga qodir bo'lmagan narsalarni talab qilishyapti. Venger davrida Ozil himoyaviy harakatlarda faol bo'lmasdi, bunga u bilan birga o'ynayotgan yarim himoyachilar ham imkon yaratardi. To'pni olib qo'yish va uni himoyadan chiqarish haqida Mesut bosh og'ritishi shartmasdi. Hozir Tomas Partining ortida germaniyalikning o'yinini ko'rish ancha qiziqarli bo'lardi. Balki, Ozilning maoshi bu qadar katta bo'lmaganida, muxlislar unga boshqacharoq munosabatda bo'lisharmidi?!
Ammo Mesut "Arsenal"ga kelganidan so'ng jamoa yana sovrinlarni qo'lga kirita boshladi. Ha, bu shunchaki Angliya Kubogi-ku dersiz, lekin 9 yil davomida faqat umid qilib yashagan kanonirlar muxlislari uchun bu ajoyib natija edi. Ozil uzoq yillar mobaynida "Arsenal"ning ilk haqiqiy top-transferi bo'ldi. Mesut klubga dunyoning eng yaxshi o'yinchilaridan biri maqomida kelgan. SHu sababdan ham kanonirlarning bazi muxlislari shunday o'yinchi muhim turnirlar qaydnomasiga kiritilmayotganidan hayron bo'lishsa, boshqa fanatlar esa Artetaning qarorini hurmat qilib, uning fikri to'g'ri deb maqullashmoqda. Mesut hozir 32 yoshda va faoliyatini qaytadan boshlashi uchun endi biroz kech. SHuningdek, germaniyalik "dangasa futbolchi" ekanini hisobga olsak, Mesut "Arsenal" bilan shartnomasi muddati yakuniga etganidan so'ng, futbolchilik faoliyatiga ham nuqta qo'yishi hech gapmas. Buyog'ini endi vaqt ko'rsatadi.
Ozilning "Arsenal"dagi umumiy statistikasi:
APL: 184 o'yin, 33 gol, 58 golli uzatma.CHempionlar Ligasi: 28 o'yin, 7 gol, 6 golli uzatma.Evropa Ligasi: 19 o'yin, 2 gol, 6 golli uzatma.Angliya Kubogi: 16 o'yin, 2 gol, 6 golli uzatma.Liga Kubogi: 5 o'yin, 1 golli uzatma.
Nozima Zaripova tarjimasi