"Monako" va "Real" Kilian Mbappe transferi so'nggi haftalargacha saqlab qoladi.
Madridliklar Mbappeni sotib olish niyatidan qaytishmagan. Xabarlarga ko'ra bu transfer avgust oyi yakunida amalga oshishi mumkin. "Monako" prezidenti Dimitriy Ribol va vitse-prezident Vadim Vasilev Mbappe uchun 190 mln yevro to'laydigan klub bo'lsa sotishga tayyor ekanliklarini ma'lum qildi. "Qirollik klubi" esa qariyib 150-160 mln yevro to'lab + yana 20-30 mln bonus sifatida futbolchining natijasiga qarab to'lashni taklif etdi.
Yana bir xabarga ko'ra knyazliklar agarda 18 yoshli futbolchi "Oltin to'p"ni qo'lga kiritsa, transfer narixiga yana 25 mln yevro bonus sifatida to'lashlarini talab qilgan.