«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan argentinalik futbol afsonasi Diego Maradonaga tezroq sog'ayib ketish tilagini bildirdi. 60 yoshli mutaxassisning boshidagi qotib qolgan qon operatsiya orqali olib tashlandi.
«Albatta, uning tezroq sog'ayib ketishini istayman. Uning qanday inson ekanini, qanday futbolchi bo'lganini yaxshi bilamiz. U endi 60 yoshga kirdi.
O'ylaymanki, ko'p insonlar unga shifo tilashmoqda, jumladan, men ham. Unda hammasi yaxshi bo'lishini tilayman. Barchamiz unga va uning oilasiga buni talaymiz», — dedi Zidan.