Madridning "Real" klubi hujumchisi Rodrigo "Inter" (3:2) ustidan EChLda qo'lga kiritilgan g'alaba haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men tayyor edim va o'z imkoniyatimni kutayotgandim. Qachonki maydonga tushsam, o'z gollarim va golli uzatmalarim bilan jamoamga yordam beraman. Har safar EChL o'yinlarida maydonga tushayotganimda bizda ajoyib hissiyot paydo bo'ladi.
Biz xursandmiz va o'zimizni ancha engil his qilyapmiz. O'yinni qiyin kechishini bilardik, lekin bunga tayyor edik va eng asosiysi - muhim uch ochkoni qo'lga kiritdik. Zidan men va Vinisiusdan o'yin tempini oshirishni, himoyaga tezroq qaytishni va hujumda faol o'ynashimizni so'ragandi", - futbolchining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda UEFA rasmiy sayti.