Italiyaning «Inter» klubi bosh murabbiyi Antonio Konte «Real» jamoasidan qabul qilib olingan mag'lubiyat haqidagi fikri bilan o'rtoqlashdi.
«Bu mening «Inter»im, uni yaxshi va yomon tomonlarini juda yaxshi bilaman. O'ylaymanki, o'sish uchun bunday lahzalar juda zarur. 0:2 hisobida ortda qolayotganimizda raqib bizga ikkita gol sovg'a qildi va shundan so'ng o'yinga qaytdik.
O'yinda qayd etilgan natija futbolchilarning nimalarga loyiq ekanligini anglatmaydi. O'ylaymanki, golgacha bo'lgan vaziyatda Mendi Xakimiga nisbatan fol ishlatdi. Biz standartlarga ko'proq e'tibor qaratishimiz kerak edi.
«Real»dagilar bizga qarshi o'yinni xuddi finalga teng deb atadilar, shuning uchun ular o'yinga barcha kuchlarini tikdi va o'yin natijasi juda muhim ekanligini tushunishdi. Aytishim mumkinki, men jamoamning ko'rsatgan o'yinidan qoniqdim, lekin bunday o'yinlar taqdirini mayda detallar hal qiladi», – dedi Konte.