Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Rodrigo Goes chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-turidan o'rin olgan "Inter"ga qarshi o'yinda g'alaba to'pini kiritishga muvaffaq bo'ldi.
Shu tariqa, 19 yoshli braziliyalik havbek 21 asrda tug'ilgan va EChLda 5ta ol urgan ilk futbolchiga aylandi. U 4ta golni o'tgan mavsum urishga erishgan edi.
Eslatib o'tamiz, "Real" o'z maydonida "Inter"ni qabul qilib, 3:2 hisobida g'alaba qozondi.