«Manchester Yunayted» darvozaboni David De Xea klubni tark etishga yaqin.
Futbolchi yozda «Real»ga o'tishni rejalashtirmoqda.
Mirror xabariga ko'ra, «Tottenhem»ga qarshi bugungi bahs De Xea uchun «MYu» safidagi so'nggi o'yin bo'lishi mumkin. Chunki, bosh murabbiy Joze Mourino chempionatning so'nggi ikki o'yinida darvozani Joel Kashtru Pereyraga ishonib topshirmoqchi.
Joriy mavsumda De Xea APLda 34 o'yin o'tkazib, 14tasida o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.