"Borussiya" Dortmund hujumkor yarimhimoyachisi Usman Dembele faoloyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin, bu haqida AS nashri xabar berib o'tadi.
Dortmundliklar yosh futbolchini qo'yib yuborishga qarshi emas, buning uchun Dembelega xaridorlar 80 mln yevro to'lashsa kifoya. Ma'lumot uchun, "Borussiya" Usmanni "Renn"dan 16 mln yevroga sotib olgan edi.
Hozirgi kunda futbolchiga "Real" va "Barselona" xaridor bo'lib turubdi va ikkala klub ham 100 mln yevro to'lashga tayyor. Madridliklar futbolchining agenti Pedrag Miyatovich bilan yaxshi a'loqada bo'lishiga qaramasdan, fransiyalik futbolchining xohishi "Barselona"da to'p surish bo'lib turubdi. Neymar "PSJ"ga o'tganidan so'ng aynan 20 yoshlida asosiy tarkibda maydonga tushish imkoniyati yuqori bo'ladi. "Barselona" o'zi ham Neymar o'rniga Dembele ideal nomzod sifatida qaramoqda.