Kataloniyaning «Barselona» klubi Myunxenning "Bavariya" himoyachisi David Alaba uchun endilikda nomzod sanalmaydi. bu haqda Bayern & Germany portali xabar tarqatmoqda.
Qayd etilishicha, «Barselona»da Alabaga maosh to'lash uchun mablag' yo'q. Ayni paytda Alaba "Bavariya"dan yiliga 8 million evro maosh oladi, lekin o'tishi mumkin yangi klubidan sezilarli darajada ko'tarilgan oylik kutmoqda.
Alaba «Bavariya» bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmadi. Shu sababli, uni o'z tarkibida ko'rish uchun «Real», PSJ va «Manchester Siti» klublari tayyor turibdi.