The Telegraph nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Angliyaning «Vulverxempton» klubi futbolchisi Adama Traore kelasi yilning yozida jamoani tark etishi mumkin.
24 yoshli futbolchiga «Barselona» va «Real» klublari qiziqish bildirmoqda. Har ikki klubning skautlari Traoreni o'yinlarini sinchkovlik bilan kuzatib kelishmoqda.
Xabarda yozilishicha, «tulkilar» Traore borasida tushadigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor, agar kelib tushadigan taklif 70 million evrodan kam bo'lmasa.