"Kamp Nou"da o'tgan "Klasiko"dan keyin, o'sha kuni "Real" o'z darvozasidan 5 ta gol o'tkazib yuborgandi, Serxio Ramos bosh murabbiy Xulen Lopetegining o'rniga kim bo'lishini tanlayotgandi.
Qanday qilib Ramos tanlaydi, deysizmi? Madridliklar sardori "qirollik klubi"ga "CHelsi"dan bo'shagach, ish izlash bilan ovvora Antonio Kontening ehtimoliy kelishi borasidagi savolga javob berdi.
Ramosning nutqi quyidagicha bo'ldi: "Konte? Bilasizmi, hurmatga mehnat bilan erishiladi, uni talab qilib olib bo'lmaydi. Kiyinish xonasida murabbiy gapi o'tishi, uni boshqarishi bazan mutaxassisning taktik bilimlaridanda muhimroq ahamiyat kasb etadi".
Ramos bu bilan Florentino Peresga to'g'ridan-to'g'ri signal yo'llagandi desak bo'ladi. Konte va uning vakillari bilan muzokaralarni cho'zib o'tirmay, boshqa variant izlash kerakligiga shama edi bu.
Ramosning "Real"dagi tasiri – ulkan, Peresni bunday hol doim ham qoniqtirmaydi. Boshqa vaziyat bo'lganda prezident atayin ham Konteni olib kelgan bo'lardi.
Ammo bunday negativ holatda Madridga ko'chib o'tish – katta tavakkal, shuning uchun Konte malum vaqt o'tgach: "Jamoani mavsum o'rtasida qabul qilish menga to'g'ri kelmaydi". - dedi murabbiy.
Undan keyin "Real" Konte bilan bog'lanishga qaytib urinmadi. Konte yoki u kabi biror murabbiyni jamoaga olib kelish, Serxio Ramos bilan munosabatlar hali boshlanmasidan buzilgan bir vaziyatda katta xato bo'lardi.
Xuddi shu sabab bilan Peres Joze Mourinoni qaytarish orzusini amalga oshira olmaydi. Zinedin Zidan mabodo ketadigan bo'lsa ham, uning o'rniga faqat ikki nomzod qolayotgandek – Raul va Pochettino.
Ular hurmatni talab qilib olishmaydi, mehnatlari bilan erishganlar, erishadilar.
Bugungi to'qnashuv zerikarli bo'lmasligi aniq. Ramos va Kontening o'ziga xos to'qnashuvi esa intrigani yanada oshishiga sabab bo'ladi.
Real Madrid | Champions League Grp. B . 3-tur 04/11/2020, 01:00 - : - Boshlanmadi | Inter |
Stadion: Alfredo Di Stefano
Bosh hakam: Clement Turpin
Match-senterda ochish