«Real» himoyachisi Serxio Santos Covid-19ga topshirgan test musbat natija berdi. Bu haqda "Diario AS" xabar tarqatdi.
19 yoshli futbolchi bir haftadan buyon asosiy tarkib bilan shug'ullanayotgan edi. Shu bois, jamoa rahbariyati yuzaga kelgan vaziyatdan xavotir olmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "Qirollik klubi" himoyachisi Eder Militao koronavirusga chalingan edi.