Myunxenning «Bavariya» klubi himoyachisi David Alaba kelasi yilning yozida jamoasini o'zgartirmoqchi.
Avstriyalik futbolchi uchun afzal variantlar – «Barselona» va «Real». Biroq, u shuningdek «Yuventus», «Liverpul», «Manchester Siti» yoki «PSJ» singari top-klublarga o'tishga ham rozi.
Bild nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, agar qandaydir jamoa uni yarim himoyada o'ynatishga rozi bo'lsa, bu ushbu bitimni amalga oshishida katta yordam beradi.