Madridning «Real» klubi himoyachisi Rafael Varan jamoaning joriy mavsumdagi o'yinlariga baho berdi.
«O'zimizni ishonchli himoya qilsak o'zimni yanada qulay his qilaman. Qachonki jamoamiz yomon himoyalansa, biz qiyinroq qarorlar qabul qilishimizga to'g'ri keladi. To'g'ri, Serxio Ramossiz EChLda yaxshi o'yin namoyish eta olmadik. U menga yordam beradi, lekin himoya - bu jamoviy ish.
To'g'ri, bizga barqarorlik etishmayapti. Taqvim qiyin va bu yil tayyorgarlik boshqacha. Biz o'yinlarga astoydil tayyorgarlik ko'ryapmiz va jarohatlar haqida o'ylamayapmiz. Bunday tempdagi o'yinlarda jarohat olgan futbolchilar Evropada etarlicha topiladi. Biroq biz g'alaba haqida o'ylashimiz shart», - dedi Varan Marca nashri bilan suhbatda.
Ertaga «Real» EChLning 3-tur doirasida Italiyaning «Inter» klubini qabul qiladi.