«Real» yarim himoyachisi Eden Azar La liganing 8-turi doirasida bo'lib o'tgan «Ueska»ga qarshi o'yindan (4:1) keyin muxlislarga murojaat yo'lladi.
Azar joriy mavsumda ilk marta "Qirollik klubi"ning asosiy tarkibidan o'rin oldi. U 2019 yilning yozida "Real"ga o'tganidan buyon madridliklar safidagi ikkinchi golni urishga muvaffaq bo'ldi.
«Salom, yigitlar! Maydonga qaytganimdan va ajoyib gol urganimdan xursandman. Bu siz uchun. Umid qilaman, tez orada yana ko'rishamiz», — dedi Azar.