Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Isko faoliyatini "Everton"da davom ettirmoqchi.
Mirror nashrining xabariga ko'ra, ispaniyalik havbek sobiq ustozi Karlo Anchelotti qo'l ostida o'ynashni xohlamoqda.
"Real" Isko bilan xayrlashishga qarshi emas. "Everton"dan tashqari yana bir nechta jamoa futbolchini sotib olish huquqi bilan mavsum so'nggiga qadar ijaraga olishga tayyor. Bu mavsum Isko atigi 5ta o'yinda maydonga tushdi.