Ispaniya chempionatining 8-turi doirasida «Real» o'z uyida «Ueska»ni qabul qilib, 4:1 hisobida g'alaba qozondi.
Bahsning 60-daqiqasida Vinisius Junior zaxiradan maydonga tushdi. Yarim soat davomida braziliyalik futbolchi va Karim Benzema bir-birlariga 8 marta uzatma berishdi.
Avvalroq Evropa chempionlar ligasi doirasida Menxengladbaxning «Borussiya»ga qarshi o'yinda Benzema Vinisiusdan norozi bo'lgandi. Keyinchalik futbolchilar o'zaro kelishib olishdi.