Madridning «Real» klubi futbolchisi Eden Azar La Liganing 8-tur doirasida «Ueska» klubiga qarshi bo'lib o'tayotgan uchrashuvda hisobni ochdi.
Belgiyalik futbolchi «qaymoqranglilar» tarkibida 392 kun deganda gol kiritdi. Azar "Real" tarkibidagi so'nggi golini 2019 yilning 5 oktyabr kuni «Granada» (4:2) klubiga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuvda kiritgandi.
Qolaversa, bu Azarning 2020 yildagi ilk goli sanaladi. U bu yilning hisobida na klubida, na terma jamoasida raqiblar darvozasi tomon yo'l topa oldi.
Azar o'tgan va joriy mavsumning katta qismini turli xil jarohatlar sababli o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi. U bugun joriy mavsumda "Real" tarkibidagi dastlabki uchrashuvini o'tkazmoqda.