Madridning «Real» klubi sardori Serxio Ramos La Liganing 8-tur doirasida «Ueska» jamoasiga qarshi bo'layotgan uchrashuvning asosiy tarkibida maydonga tushdi.
Bu bahs - 34 yoshli ispaniyalik futbolchining La Ligadagi 500-uchrashuvi sifatida tarixdan joy oldi. Ramos ushbu natijaga erishgan o'ninchi futbolchiga aylandi.
Ramosgacha La Ligada 500 tadan ortiq uchrashuv o'tkazgan himoyachilar - Manolo Sanchis (523 uchrashuv «Real») va Mikel Soler (504 uchrashuv) sanaladi.