«Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduning sevgilisi Jorjina Rodriges tez orada ona bo'lishini tasdiqladi.
22 yoshli fotomodel HOLA jurnaliga bergan intervyusida bolalarni juda yaxshi ko'rishi va oilaviy inson ekanini ta'kidladi.
«O'zimga oro berishni, sport bilan shug'ullanishni va tabiiy toza mahsulotlarni iste'mol qilishni yoqtiraman. Og'ir ovqatlarning iste'molidan voz kechaman», — dedi Jorjina qo'shimcha qilgan holda.