Frantsiyaning "PSJ" klubi futbolchisi Anxel Di Mariya faoliyatini «Yuventus» klubida davom ettirishi mumkin.
Ushbu bitimni amalga oshishini ko'proq Krishtianu Ronaldu xohlamoqda. Chunki Ronaldu Di Mariya bilan birga «Real» klubiga to'p surgan. Argentinalik futbolchining "PSJ" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida yakunlanadi.
Di Mariya "PSJ" klubiga 2015 yilda kelgandi. Shu vaqt mobaynida u to'rt marotaba Frantsiya chempionligini qo'lga kiritdi.