Londonning «Arsenal» klubi sobiya yarim himoyachisi Rober Pires "kannorirlar" tarkibiga qanday kelib qolganini yodga oldi. Uning oldida uchta taklif bor edi, ularning biri Madridning «Real» klubida edi. Biroq, u yakunda Arsen Venger sababli "Arsenal" klubini tanlagan.
«Bu mening hayotimdagi eng qiyin damlar edi. Oldimda «Real», «Arsenal» yoki «Yuventus» klublaridan birini tanlash varianti bor edi. «Real» klubi bilan shartnoma deyarli imzolanib bo'lgandi, biroq, Venger meni shunchaki o'ziga qaratib oldi. U doim meni o'z jamoasi safiga chorladi va yakunda buni uddaladi.
Oila-a'zolarim juda g'azablangandi. Hammadan ko'ra ko'proq onamni jahli chiqqandi. Chunki onam Ispaniyada tug'ilgan. Menga «Real» klubidan tushadigan takliflarga rad javob berish qiyin ekanligini aytishgandi. Lekin men rad javob bera olganman», - dedi Pires.