Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa yarim himoyachisi Eden Azar haqida fikr bildirdi.
«Unda hammasi joyida, bundan juda xursandmiz. Eden har kuni mashg'ulotlarda yaxshi ishtirok etmoqda, u o'zini qulay his qilmoqda. Jarohat olganingizda, maydonga tushmaganingizda va jamoadoshlaringiz bilan birga bo'lmaganingizda juda qiyin bo'lishi mumkin.
Har bir futbolchi maydonda bo'lishni va zavq olishni xohlaydi. Hozir barchasi ijobiy ko'rinmoqda, u qaytdi, lekin jarohat olib safdan chiqqan boshqa futbolchilar bor. Umid qilamanki, yaqinda barchamiz birga bo'lamiz.
Oldimizda ko'plab uchrashuvlar bor, g'oyamiz Azarni maydonga qaytarish. Qanday ro'y berishini kuzatamiz, chunki u o'zini yaxshi his qilishi muhim. Asosiysi – tayyor bo'lishi kerak, chunki bizni juda ko'plab uchrashuvlar kutib turibdi», – dedi Zidan.