O'rtoqlik o'yinlar shuni ko'rsatdiki Garet Beyl va Karim Benzema hozirda o'zining eng yaxshi formasida emas.
Ikkala futbolchining "quruq" seriyasi deyarli 1000 daqiqaga yetdi (har birining), hozirgi paytda aniq qilib aytadigan bo'lsak 988 daqiqia. Beyl so'nggi bor 26-fevralda gol kiritgan bo'lsa, Benzemada "qurg'oqchilik" 21-mayda boshlangan edi. Beyl mavsumni ko'p qismini jarohatda o'tkazdi, ammo jarohatdan qaytib o'zini ko'rsata olmayapdi.
Shuni ham aytib o'tish kerakki Beyl - Benzema har bittasi o'rta hisobda har 136 daqiqada to'p kiritmoqda.