«Real» yarimhimoyachisi Martin Edegor yozda jamoaga qaytmaydi.
Futbolchi qishda mavsum oxiriga qadar gollandiyaning «Herenven» klubiga ijaraga berib yuborilgandi. Omrop Friesland xabariga ko'ra, u keyingi mavsumda ham ijarada o'ynaydi.
Avvalroq, «Herenven» klubida uning juda sust o'yinidan hayron qolishgani haqida xabarlar chiqqan edi. Joriy mavsumda u 13 o'yinda, so'nggi 2 oy ichida esa bor yo'g'i 86 daqiqa davomida maydonda harakat qilgan.