«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan joriy mavsumda maydonga tushirish uchun asosiy hujum uchligini aniqlab oldi, deya xabar tarqatdi "Marca" nashri.
Manbaga ko'ra, frantsiyalik mutaxassis hujum chizig'ida Eden Azar, Karim Benzema va Marko Asensioga ishonch bildirishga qaror qildi.
"Marca"da keltirilishicha, «Borussiya»ga qarshi bahsda Azar-Benzema-Asensio triosi bor-yo'g'i uchinchi marta birgalikda harakat qilishgan. Ularning maydonda birga harakat qilgan umumiy daqiqalari soni 44 daqiqani tashkil qiladi xolos.
Zidanning bunday qaror jamoaning boshqa qanot hujumchilari Vinisius va Rodrigo uchun jiddiy muammo tug'dirishi mumkin.