«Real» hujumchisi Karim Benzema va yarim himoyachi Vinisius Junior yuzaga kelgan mojaroni gaplashib olishdi.
Eslatib o'tamiz, Benzema Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan Menxengladbaxning "Borussiya"ga qarshi o'yin tanaffusida vatandoshi Ferlan Mendidan braziliyalik forvard Vinisiusga pas bermaslikni so'radi. "Ukajonim, iltimos qilaman, unga pas berma. U bizga qarshi o'ynamoqda", - dedi Karim Ferlanga frantsuz tilida.
"As" tarqatgan xabarga ko'ra, "Qirollik klubi" futbolchilari kecha o'zaro gaplashib, muammoni hal qilishgan.