Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real" ECHL dastlabki ikki turda g'alaba qozona olmadi. Sizningcha, bu tasodifmi? (So'rovnoma yakunlari)

Madridning "Real" klubi uchun Evropa chempionlar ligasi muvaffaqiyatsiz start oldi.

.
- Yuklab olish

Qirollik klubi avvaliga o'z maydonida "SHaxtyor"ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. So'ngra o'tgan tur safarda "Borussiya M" bilan 2:2 o'ynadi. Aytish mumkinki, "Real" umumiy hisobda ECHLda oxirgi 4ta o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti. 

"Manchester Siti" bilan har ikki bahsda mag'lub bo'lgan madridliklar shu tariqa musobaqani tark etishdi. Yangi mavsumdagi natijalar ham barchaga malum. Jamoa ECHLda oxirgi marta 2019 yilning 12 dekabr kuni safarda "Bryugge" ustidan 3:1 hisobida zafar quchgan. 

SHu bois kecha Telegram kanalimizga "Real" uchun dastlabki ikki o'yindagi g'alabasiz ko'rsatkich tasodifmi degan mazmunda so'rovnoma joylashtirdik. So'rovnomada bir kun ichida 6770 o'quvchi ishtirok etib, ko'pchilik (55 foiz) "Ha, buni tasodifga yo'ysa bo'ladi, jamoa hali o'ziga keladi" variantini tanlagan. 

45 foiz ishtirokchi esa "Yo'q, hammasiga Zidan va futbolchilar aybdor, nimanidir o'zgartirish kerak" degan to'xtamga kelgan. Bundan ko'rinib turibdiki, aksar "Real" muxlislari hozircha ikkita g'alabasiz o'yinni tasodif deya baholashmoqda. Qolganlar esa aybni jamoadan qidirish kerak demoqda. Balki Zidan ketsa hammasi yaxshi bo'lib ketar. 

P.S. "Real" ECHL navbatdagi tur uchrashuvini 4 noyabr kuni o'z maydonida "Inter"ga qarshi o'tkazadi.

BestMaster
29 Oktyabr 2020, 15:00
echl, dastlabki, ikki, turda, galaba, qozona, olmadi, sizningcha, tasodifmi?, sorovnoma, yakunlari,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Бир нима дийиш керак
30 Oktyabr 2020, 18:13
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads