"Real" hujumchisi Karim Benzema Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan Menxengladbaxning "Borussiya"ga qarshi o'yin tanaffusida vatandoshi Ferlan Mendidan braziliyalik forvard Vinisius Juniorga pas bermaslikni so'radi.
"Ukajonim, iltimos qilaman, unga pas berma. U bizga qarshi o'ynamoqda", - dedi Benzema Ferlanga frantsuz tilida.
Birinchi bo'limda Benzema Vinisiusga 3ta uzatma bergan bo'lsa, ikkinchi bo'limda esa Karim jamoadoshiga birorta pas bermadi. Mendi esa ikkinchi taymda braziliyalik futbolchiga 3ta uzatma berdi.
20 yoshli Vinisius Junior "Real" safida barcha musobaqalar doirasida 7ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi.