"Real" Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turi doirasida bo'lib o'tgan "Borussiya"ga qarshi o'yinda 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Madridliklar uchrashuv davomida 0:2 hisobida ortda borib, 87 va 90+3-daqiqalarda urilgan gollar evaziga mag'lubiyatdan qutulib qoldi.
"Gracenote Live" tarqatgan xabarga ko'ra, "qaymoqranglilar" Chempionlar ligasi o'yinlarida sakkizinchi marotaba 2ta to'p farqi bilan ortda borayotib, mag'lubiyatdan chiqib ketishgan. Bu esa turnir rekordi hisoblanadi.
"Manchester Yunayted", "Yuventus", "Arsenal", "Lion" va TsSKA klublari hisobida esa 4tadan kambek mavjud.