"Monako" hujumchisi Kilian Mbappe kelajagi haqidagi fikrini o'zgartirgan.
Paris United xabariga ko'ra, 18 yoshli futbolchi PSJ tarkibiga o'tishni istamoqda. U monegasklar rahbariyatini bu haqda ogohlantirgan.
Avvalroq, Mbappe "Real"da to'p surish orzusi borligi haqida gapirgan edi. Biroq, PSJ ustozi Unai Emeri Kilianning uyiga tashrif buyurib, uning otasi bilan uchrashganidan so'ng, yosh iqtidorning fikri o'zgargan.
Mbappening PSJ klubi safiga o'tishida bir muammo bor - "Monako" etakchi futbolchisini chempionatdagi asosiy raqibiga berishni istamayapti.