«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turi doirasida bo'lib o'tgan Menxengladbaxning «Borussiya»siga qarshi o'yin (2:2) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Uchrashuv bu tarzda dramatik kechadi, deb o'ylamagan edik. Futbolchilarim murakkab vaziyatdan qanday chiqib ketishni bilishadi. Birinchi bo'limda juda yaxshi o'ynadik. Qo'pol xatoga yo'l qo'yganimiz tufayli gol o'tkazib yuborganimiz qattiq xafa qildi.
Hududiy ustunlikni golga aylantira olmadik. Ammo shogirdlarimning javob harakatlaridan qoniqish hosil qildim. Biz muhim ochkoni qutqarib qoldik. Ushbu mavsum barcha uchun qiyin kechadi. Bugungi jangimiz bilan faxrlanaman. Bunday o'yin bilan biz, shubhasiz, guruhdan chiqamiz», — dedi Zidan.
2-turdan keyin "V" guruhidagi vaziyat:
«Shaxtyor» — 4 ochko;
«Borussiya» M — 2 ochko;
«Inter» — 2 ochko;
«Real» — 1 ochko.