27 oktyabr kuni Menxengladbaxning «Borussiya» va Madridning «Real» jamoalari o'rtasidagi Chempionlar ligasi bahsida 2:2 hisobi qayd etildi.
Mazkur o'yinda ishtirok etgan "Qirollik klubi" himoyachisi Serxio Ramos o'z jamoasi safida EChLda 16-mavsumni boshladi. Bu orqali ispaniyalik futbolchi "qaymoqranglilar"ning sobiq darvozaboni Iker Kasilyasning natijasini takrorladi.
Bu borada klub tarixidagi uchinchi pog'onani Fransisko Xento egallab turibdi — 15 mavsum.
Ramos «Real» tarkibida Chempionlar ligasi doirasida 125ta o'yinda maydonga tushgan bo'lsa, Kasilyas hisobida 150ta o'yin mavjud. Serxio Evropaning klublar o'rtasidagi eng nufuzli sovrinini 4 marta qo'lga kiritgan bo'lsa, Iker 3 marta Kubokni boshi uzra baland ko'targan.
Kasilyas «Real» safida EChLdagi g'alabali o'yinlar soni bo'yicha rekordchi hisoblanadi — 90ta g'alaba. Bu ko'rsatkich bo'yicha Ramos ikkinchi o'rinda bormoqda — 76.